Quyoshli zaminimiz nafaqat sifatli va vitaminga boy meva va sabzavotlar, balki turli xil darmondori dorivor o‘simliklarni yetishtirish uchun qulay makondir. Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) monitoring guruhi o‘zining navbatdagi o‘rganishlarida Toshkent viloyatidagi dala maydonlarda yetishtirilayotgan meva va sabzavotlarga hamda dorivor o‘simliklarga sarflanayotgan mablag‘larning nechog‘li samarali yo‘naltirilganligi va bu boradagi muammolarni sarhisob qildi.
Jumladan, Qibray tumanidagi “Gerbo pharm NK” MCHJ dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona 8 gektar maydonga 16 xildagi dorivor o‘simliklarni ekib, yetishtiradi. Bugungi kunda 50 ta ish o‘rniga ega korxonada 52 xildagi tayyor tabiiy dori vositalari ishlab chiqarilmoqda. Tekshiruvlar mobaynida korxona mahsulotlarining hajmini ko‘paytirish va xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilish uchun yana 20 gektar yer maydoni zarurligi aniqlandi. Ammo korxona rahbarining murojaatlari shu paytgacha qondirilmagan.
Shuningdek, Piskent tumanidagi “Parlar fidan agrocultural products co” MCHJ faoliyati ham o‘rganildi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan korxona 100 gektar maydonga ega bo‘lib, unda gilos, o‘rik, nok, malina yetishtiriladi. Korxonaga tegishli 10 gektar toshloq maydonga Turkiyada yetishtirilgan pista ko‘chatlari ekilgan. Intensiv usulda tashkil etilgan va tomchilatib sug‘orilayotgan ushbu bog‘ mahsulotlarini Koreya, Xitoy va Rossiyaga eksport qilish uchun hamkorlar bilan bitimlar ham imzolagan. Korxona tomonidan 2 gektar maydondagi faoliyatini to‘xtatgan issiqxona sotib olingan bo‘lib, bu yerda mahsulotlarni saqlash uchun muzlatkichli omborxona hamda qayta ishlash liniyalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Biroq korxonada issiqxonadagi tabiiy gazdan foydalanish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va ularni olishda muammolar yuzaga kelmoqda. Monitoring guruhi muammoning yechimi sifatida ushbu korxonaga xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan kreditlar ajratilishi bo‘yicha to‘liq maʼlumot berdi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: