2020-yilda 1 ta fundamental va 5 ta amaliy loyihalar bo‘yicha tadqiqotlar bajarilib, ularga 1 541 435,0 ming so‘m ajratildi.
BMTning qishloq ho‘jaligi va oziq ovqat xavsizligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchil va sho‘rlangan qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha qiymati 436 mln so‘m.
“Kuzgi bug‘doy urug‘lariga ishlov berish hamda turli xildagi mikro va makro elementlar bilan boyitilgan suspenziya preparatlari qo‘llash samaradorligi” bo‘yicha 62,1 mln. so‘mlik loyiha amalga oshirilmoqda.
Mahalliy sharoitda yaratilgan kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi 4 ta: “Kesh-2016” navi, “Ravon” navi, “Shukrona” navi, “G‘allakor” navi, qattiq bug‘doyning yangi 2 ta “Nasaf” navi, “Zilol” naviga patentlar olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: