Jo‘xori – g‘alladjoshlar oilasiga mansub bir va ko‘p yillik o‘simlik turkumi, don va yem-xashak ekini. Vatani Markaziy Afrika. Donli jo‘xorining ildiz tarmog‘i popuk ildiz, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida rivojlanadi, ayrim ildizlari esa 2,5 m chuqurlikka kirib boradi. Poyasi somonpoya, bo‘yi 0,5-7 m gacha, o‘rtacha 2-3 m, poyaning ichi g‘ovak paranxima to‘qimalari bilan to‘lgan. Poyasi 8 tagacha. Bargi keng, 20-25 ta bo‘ladi. To‘pgulli ro‘vak, uzunligi 15-60 sm, yon shoxlari uchlarida 2 ta boshoqcha chiqaradi, bittasi meva hosil bo‘ladi, chetdan changlanadi. Doni dumaloq, tuxumsimon; rangi oq sariq yoki sariq. Doni tarkibida 61-84% kraxmal, 10-15% oqsil (lizin), 1,5-6,5 % gacha yog‘ bor.
Qurg‘oqchilikka va issiqqa chidamli. Maysasi -1°С da nobud bo‘ladi, 30-40°С issiqqa chidaydi. Yorug‘sevar, qisqa kun o‘simligi. Sho‘rga chidamli. O‘suv davri 75-100 kun. Bahorda (aprel-may) harorat 13-15°С bo‘lganda keng qatorlab ekiladi (qator orasi 60, 70 sm). Urug‘ ekish normasi 5-10 kg/g, urug‘lar 3-5 sm chuqurlikka ekiladi., ko‘chat qalinligi har gektarda 70-100 ming tupga boradi. Ekilgan urug‘lar 10-15 kunda maysalaydi, 25-30 kundan keyin tuplanadi, 40-50 kunda nav o‘rash davriga kiradi, ro‘vak chiqarish davri 55-65 kunga boradi, ro‘vak chiqarganidan keyin 5-6 kun o‘tgach gullaydi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda jo‘xorining 9 navi yetishtiriladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: