Kuni kecha, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Toshkent viloyati Agroxizmatlar ko‘rsatish markazining 2023-yilda oshirgan ishlar sarhisobi hamda kelgusi 2024-yildagi rejalar taqdimotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda, davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga asosan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Koreya hukumatining 21,4 mln dollarlik grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarning holati yuzasidan ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilda 104 marta seminar o‘tkazilib, unda 9462 nafar mutaxassislar ishtirok etgan. Pullik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 8 ta shartnoma tuzilishi natijasida, 179,2 mln so‘m mablag‘ jalb qilingan.
Shuningdek, joriy yil davomida agrar sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, maqsadli investitsion loyihalarni jalb etish va kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: