Vazirlar Мahkamasining “Mahalliy kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish va urug‘chilik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 9-dekabrdagi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi mas’ullari Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi “GS-BIO” MCHJ laboratoriyasida bo‘ldilar. U yerda kartoshka tuganaklarini yetishtirish jarayonlari o‘rganildi.
Eng asosiysi, 2 million dona mini kartoshka tuganaklarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzildi.
Shuningdek, Yuqori Chirchiq tumanida AKIS huzuridagi Dala ekinlari urug‘chilik milliy tadqiqot direksiyasi ham agentlikka 500 ming dona kartoshka tuganaklarini yetkazib beradigan bo‘ldi.
Maqsad – kartoshkaning original va super elita urug‘lik avlodlarini issiqxonalarda ko‘paytirib, fermerlarga yetkazish va importni kamaytirish.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: