Joriy yilning 19 may kuni loyihani ishga tushirish bo‘yicha boshlang‘ich seminar loyiha jamoasi, hamkorlari va manfaatdorlari ishtirokida Toshkent va Farg‘ona shaharlarida tashkil etildi. Tadbir videokonferensiya shaklida Zoom platformasi yordamida bo‘lib o‘tdi. Seminarning maqsadi ishtirokchilarga loyiha haqida to‘liq maʼlumot jumladan, maqsadi, muddati, xududlari, hamkorlari, kutilayotgan natijalari, kelajakdagi rejalar va boshqa shu kabi kun tartibidagi masalalar atroflicha ko‘rib o‘tildi.
Loyihani boshlashdan oldin belgilangan rejaga asosan 2 oy davomida, yaʼni May va Iyun oyilarida, loyihani maqsadga muvofiq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tavsiya etilgan hududlarda dastlabki izlanish va o‘rganish ishlari olib borish belgilangan. Ushbu o‘rganishlardan maqsad Farg‘ona vodiysida qishloq xo‘jaligi, sabzavotchilik jumladan, himoyalangan tizimlar ostida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va sotishni bugungi kundagi holatini to‘liq aniqlash. Bu sohadagi mavjud muammolar, kamchiliklar, erishilgan yutuqlar shuningdek, urug‘ni ekishdan to mahsulotni yetishtirib isteʼmolchiga yetgazib berilishigacha bo‘lgan zanjir jarayonida ishtirok etuvchilarni joriy holati o‘rganish va tahlil qilish belgilangan.
Hozirgi kungacha maqsadli tumanlarga 3-4 dan iborat joylarga tashriflar amalga oshirildi. Qariyb 50 nafardan ortiq tomorqachi, q/x mutaxassislari, zarur resurslarni yetkazib beruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar bilan uchrashuvlar va suhbatlar o‘tkazildi hamda so‘rovnoma shaklidagi savolnomalar to‘ldirilmoqda. Shuningdek, hisobotni shakllantirish bo‘yicha kerakli statistik maʼlumotlar, dalillar, axborotlar va qaydnomalar to‘plash ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, loyihani amalga oshirish bo‘yicha moddiy-texnik bazani shakllantirish maqsadida ofis anjomlari (kompyuterlar, mebellar, org. texnika va boshqa) va avtotransport sotib olish uchun tender eʼlon qilindi. Shuningdek, loyiha jamoasini shakllantirish uchun agronom, loyiha yordamchisi ishga qabul qilindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: