Xorazm viloyati Yangibozor tumanida hozirgi kun holatiga 18 014 gektar ekin yerlari mavjud bo‘lib, ushbu ekin yer maydonlarini sho‘rini yuvish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini vegetatsiya davrida suvdan oqilona foydalanish, suv isrofgarchiligiga chek qo‘yish maqsadida bugun qariyb 16 213 gektar ekin yer maydonlari lazerli tekislagichlar yordamida tekislandi. Ushbu lazerli tekislagichlar yordamida tekislangan maydonlarda hozirga kelib yerlarni sho‘rini yuvishda hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini vegetatsiya davrida sarflanadigan suv hajmlarini qariyb 35-40 foizini tejashga erishildi.
Ushbu lazerli tekislangan ekin yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan to‘liq nihollar olish va buning natijasida yuqori hosil olinishiga erishildi.
Aytish kerak, lazerli tekislash – bu lazer nuri va traktorga o‘rnatilgan maxsus osma uskuna hamda kovsh (skreper) yordamida yerni tekislashning mexanizatsiyalashgan texnologiyasidir.
Chunonchi, lazerli tekislash quyidagi afzalliklarga ega:
– sug‘orishga sarflanadigan suv 20-25 foizga tejaladi;
– tuproq sho‘rlanishining kamayishiga erishiladi;
– sug‘orish vaqti, ishchi kuchi, energiya sarfi kamayadi;
– ekinlar bir tekisda unib chiqadi;
– ekinlar bir xil namlik va ozuqa bilan ta’minlanadi;
– bug‘doy-paxta hosili gektariga 4-7 sentnerga oshadi.
Lazerli tekislashda tuproq yuzasi (dala)ning eng past va eng yuqori nuqtalari orasidagi farq 10-30 mm dan oshmaydi.
Lazer yordamida tekislash tizimi bir nechta komponentlardan iborat:
– Lazer uzatuvchi (shuningdek, daraja, transmitter, gorizontal tekislik quruvchi deb ataladi) – aylanadigan lazer nuriga ega bo‘lgan qurilma gorizontal tekislikni hosil qiladi. O‘zbekistonda o‘rtacha sug‘oriladigan maydon 4-10 gektar bo‘lsa, ish diametri 300 metr dan ortiq bo‘lgan uzatgichlardan foydalanish qulay;
– Lazer qabul qiluvchi (receiver) lazer uzatgichdan nurlanishni qabul qilish va uni boshqaruv paneliga etkazib berish uchun elektr signallariga aylantirish uchun mo‘ljallangan uskuna;
– Boshqaruv paneli lazer qabul qilgichdan olingan signallarni o‘zgartiradi;
– Elektrogidravlik valf yoki gidroblok elektr signalini cho‘mich (kovsh)ning mexanik ta’siriga aylantirish uchun mo‘ljallangan.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: