Limon (fors tilida “tilla daraxt” degan maʼnoni anglatadi) – rutadoshlar (sitruslar turkumi)ga kiradigan doim yashil ko‘p yillik daraxtlar turi, mevali ekin. Vatani – Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo. O‘rta Yer dengizi, AQSH, Meksika, Argentina kabi mamlakatlari subtropiklarida, Kavkazning Qora dengiz bo‘ylarida, O‘zbekiston va Tojikistonda issiqxona va transheyalarda ekiladi.
Limon qalamchasidan va payvandlash yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Issiqsevar, yorug‘sevar va namga talabchan o‘simlik. O‘zbekistonda 1949-yildan limonni transheyada o‘stirish ishlari boshlangan, lekin bu usulda limon daraxtlari hosil bermagan. 1960-yillar boshidan limonni issiqxonalarda va transheyalarda o‘stirishga o‘tildi va O‘zbekistonda bog‘dorchilikning yangi tarmog‘i – limonariyalarda limonchilik gurkirab rivojlandi.
Ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlarida limonning 4 ta navi yetishtiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan limon mahsuloti Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: