Makkajo‘xori – Makkajo‘xori bir yillik o‘simlik bo‘lib, boshqa bir yillik boshoqli begona o‘tlardan poyasi, bo‘yini balandligi va barglarini kattaligi bilan ajralib turadi. Makkajo‘xorining poyasi silindrsimon, yo‘g‘on bo‘g‘inli, poyasining yuqorigi qismi otalik ruvaklari bilan tugaydi. Poyasini balandligi 50 sm dan 9 metr gacha boradi. Bo‘g‘inlari 8 sm dan 40 sm gacha bo‘ladi. Poyasi bir kunda 15-20 sm gacha o‘sadi. Barglari parallel to‘rlanishga ega, poyani ikki tomonida ketma-ketlikda joylashadi. Barglarini uzunligi 10 sm dan 1 metrgacha, eni 1 sm dan 15 sm gacha. Unib chiqish davri – urug‘ yerga qadalgandan havo harorati (12°С dan yuqori), tuproqdagi namlik (80 %) meʼyorida bo‘lsa 4-7 kunni tashkil etadi. O‘simlikni unib chiqishdan to‘liq pishishgacha bo‘lgan davri 63-165 kungachani tashkil etadi.
Makkajo‘xori issiqsevar, yorug‘sevar, qurg‘oqchilikka ancha chidamli bahorgi ekin, tuproq harorati 10°С bo‘lganda, 10-12 kunda unib chiqadi. Maysalari -2-3°С sovuqqa chidaydi. Kuzda – 3° da sovuq uradi va oziqalik sifati pasaytiradi. Makkajo‘xorini asosiy ekin tarzida ekish uchun yer kuzda 28-30 sm chuqurlikda shudgorlanadi, gektariga 10-35 t go‘ng va 60-80 kg sof fosfor hisobida o‘g‘it solinadi. Erta bahorda borolanadi yoki yoppasiga kultivatsiya qilinadi. Urug‘lar qator oralari 60, 70 va 90 sm qilib makkajo‘xori seyalkalarda qatorlab 6-8 sm chuqurlikda ekiladi. Har gektar maydonga 20-25 kg meʼyorda urug‘lik sarflanadi. O‘suv davrida 2 marta – birinchisida gektariga sof 70-80 kg azot, 60-80 kg fosfor, ikkinchisida 80-100 kg azot, 50-60 kg fosfor, 40-50 kg kaliy hisobida oziqlantiriladi., 2-3 marta kultivatsiya qilinadi, 4-6 marta sug‘oriladi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda makkajo‘xorining 79 navi yetishtiriladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: