Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan reglamentning 19-bandiga muvofiq ochiq elektron tanlovda bir marotaba g‘olib bo‘lgan shaxs keyingi tanlovlarda ishtirok etmasligi, shuningdek, amaldagi dehqon xo‘jaligini yuritish uchun olingan yer uchastkasi bo‘yicha shartnoma bekor bo‘lganda “E-IJARA” AT orqali operatorga xabar beradi va qayta ochiq tanlovlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishi belgilangan.
Hozirda bekor bo‘lgan shartnomalarni elektron axborot almashinuvi orqali olish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Sizning masalangiz bo‘yicha yordam berish maqsadida shartnoma bekor bo‘lganini tasdiqlovchi hujjatlarni Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etish so‘raladi. Batafsil ma’lumot olish uchun 71 206 71 50 va 71 206 71 42 telefon raqamlari orqali bog‘lanish so‘raladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: