O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-7-oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi doirasida baliq ovlash uchun kvotalar ajratishni ishlab chiqish va keyinchalik O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri yiliga 50 ming tonna mintay balig‘ini yetkazib berish ishlarini amalga oshirish topshirig‘i belgilangan edi.
Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston Respublikasiga dengiz mahsulotlarini olib kelishni yanada samarali tashkil etish, aholini sifatli va arzon dengiz mahsuloti bilan ta’minlash va dengiz mahsulotini iste’molini bog‘cha va maktablarda keng targ‘ib etish maqsadida, Rossiya Federatsiyasining «Baliqchilik Federal agentligi» bilan hamkorlik qilish rejalashtirilgan edi.
Shu maqsadda, Qishloq xo‘jaligi vazirligida Rossiya Federatsiyasining «Baliqchilik Federal agentligi» vakillari hamda «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi o‘rtasida muzokaralar olib borildi.
Uchrashuvda, O‘zbekiston Respublikasi uchun Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy zonalarida baliq ovlash hamda bu borada O‘zbekistonning qo‘shma korxona tashkil etish taklifi muhokama qilindi.
Shuningdek, 2021-yilning 19-noyabr sanasida Rossiya Federatsiyasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida imzolangan amaldagi kelishuv ijrosini ta’minlash hamda Rossiyaning iqtisodiy zonalarida baliq ovlash kvotasi ajratish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzolanishi aytib o‘tildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: