Moshga qurtga qarshi dori sepgan edim. 14 kundan keyin yana paydo bo‘ldi. Oltingugurt sepsa boladimi?
Mosh zararkunandalari va ularga qarshi kurash chora-tadbirlari quyidagilardan iborat. Kuzgi tunlam (sinonimlari: ko‘k qurt tunlami, ildiz qurti). Kuzgi tunlam qurtlari unib chiqayotgan o‘simlik nihollarini shikastlab, urug‘ pallalarini teshadi, ildizlarni yoki bo‘g‘zi yaqinidagi poyani kemiradi, baʼzan maysaning yer ustki qismiga ham zarar yetkazadi. O‘simlik poyasining ostki qismi dag‘allashgan vaqtda, tunlam qurtlari ularni kemirishga ojizlik qiladi. Shu boisdan qurtlar yosh nihollarga ko‘proq zarar yetkazadi.
Bahorda qishlab yotgan qurtlar tuproqdagi inlarini tashlab, yer yuziga ko‘tariladi va g‘umbakka aylanadi. Kapalaklarning uchishi aprel-may oylarida ro‘y beradi va u 40 dan 60 kungacha davom etishi mumkin. Har bir kapalak esa 20-40 kun yashaydi va gullarning nektari bilan oziqlanadi. 300 dan 600 tagacha tuxum qo‘yadi. U tuxumlarini o‘simliklarning ildiz yonidagi qismlariga va tuproq yuzasiga (bittadan yoki 2-3 tadan qilib) qo‘yadi. Ob-havo sharoitiga qarab, uch-yetti kundan keyin tuxumlardan mayda, to‘q kulrang qurtlar ochib chiqadi.
Dastlab qurtlar barglarning orqa tomoniga yopishib, ularning eti bilan oziqlanadi, keyin esa tuproqqa tushadi. Qurtlar tunda tuproq yuzasiga chiqib, o‘simliklarning yer ustki qismlarini zararlaydi. Kuzgi tunlam kapalagi ko‘proq nam tuproqqa, sho‘ra, qo‘ypechak kabi begona o‘tlarga tuxum qo‘yadi.
Ildiz kemiruvchi tunlamlarga qarshi quyidagi tadbir-choralar tavsiya etiladi:
1. Qishlovdan keyin mart-aprel oylarida dala atroflaridagi uvatlar, bedapoyalar, bog‘lar, g‘allazorlarda biofonni boyitish uchun biolaboratoriyalarda ko‘paytirilgan trixogramma va oltinko‘z entomofaglarini tarqatish lozim.
2. Sho‘r yuvishni sifatli o‘tkazish lozim, bunda 1-2 kun ichida suv ostida turgan, kuzgi tunlam 83%, undov tunlamining qurtlari esa 27% gacha nobud bo‘ladi.
3. Kuzgi tunlamga qarshi biologik usulda samarali kurashish uchun, g‘o‘za nihollari unib chiqqandan boshlab, har 4-5 gektar maydonga 1 tadan maxsus shu hasharotning feromon tutqichlari (FT) tikib chiqiladi. Bu tutqichlarning har biriga bir kechada 3-4 va undan ko‘p kapalak tushishi shu dalaga trixogramma biomahsulotini 3 kun interval bilan har bir gektar maydonga 1 grammdan 3 marta tarqatish talab etiladi.
4. Tunlam qurtlarining zichligi iqtisodiy zarar yetkazish mezonidan oshganligi aniqlansa (har 1 m2 yerda 1-1,5 ta va undan ko‘p qurt), tavsiya etilgan sintetik piretroidlarning birortasi bilan (detsis, sipermetrin, nerell-D va boshqa) kechki salqinda ishlov o‘tkaziladi. Buning uchun tavsiya etilgan birorta insektitsidni traktor purkagichi yordamida sepib, ketidan kultivatsiya yoki dalaga suv qo‘yish tavsiya qilinadi. Kultivatsiya qilinganida dori yer ostiga ko‘milib, samarasi oshadi; suv quyganda esa qurtlar tepaga qarab harakatlanib, dori bilan “uchrashuvi” tezlashadi hamda tashqariga chiqqan qurtlar turli kushandalar tomonidan yo‘q qilinadi.
Oqqanot. Dukkakli-don ekinlari parvarishlangan maydonlarda bir nechta oqqanot turlari rivojlanib zarar yetkazadi.
Bular issiqxona oqqanoti, tamaki (g‘o‘za) oqqanoti ildiz kemiruvchi tunlamlarga qarshi quyidagi chora-tadbirlar tavsiya etiladi:
1. Qishlovdan keyin mart-aprel oylarida dala atroflaridagi uvatlar, bedapoyalar, bog‘lar, g‘allazorlarda biofonni boyitish uchun biolaboratoriyalarda ko‘paytirilgan trixogramma va oltinko‘z entomofaglarini tarqatish lozim.
2. Sho‘r yuvishni sifatli o‘tkazish lozim, bunda 1-2 kun ichida suv ostida turgan, kuzgi tunlam 83%, undov tunlamining qurtlari esa 27% gacha nobud bo‘ladi.
3. Kuzgi tunlamga qarshi biologik usulda samarali kurashish uchun, g‘o‘za nihollari unib chiqqandan boshlab, har 4-5 gektar maydonga 1 tadan maxsus shu hasharotning feromon tutqichlari (FT) tikib chiqiladi. Bu tutqichlarning har biriga bir kechada 3-4 va undan ko‘p kapalak tushishi shu dalaga trixogramma biomahsulotini 3 kun interval bilan har bir gektar maydonga 1 grammdan 3 marta tarqatish talab etiladi.
4. Tunlam qurtlarining zichligi iqtisodiy zarar yetkazish mezonidan oshganligi aniqlansa (har 1 m2 yerda 1-1,5 ta va undan ko‘p qurt), tavsiya etilgan sintetik piretroidlarning birortasi bilan (detsis, sipermetrin, nerell-D va boshqa) kechki salqinda ishlov o‘tkaziladi. Buning uchun tavsiya etilgan birorta insektitsidni traktor purkagichi yordamida sepib, ketidan kultivatsiya yoki dalaga suv qo‘yish tavsiya qilinadi. Kultivatsiya qilinganida dori yer ostiga ko‘milib, samarasi oshadi; suv quyganda esa qurtlar tepaga qarab harakatlanib, dori bilan “uchrashuvi” tezlashadi hamda tashqariga chiqqan qurtlar turli kushandalar tomonidan yo‘q qilinadi.
Oqqanot. Dukkakli-don ekinlari parvarishlangan maydonlarda bir nechta oqqanot turlari rivojlanib zarar yetkazadi. Bular issiqxona oqqanoti, tamaki (g‘o‘za) oqqanoti harakat qilish kerak bo‘lib, mavsum davomida 5-6 avlod beradi. Asosan lichinkalari sanchib so‘rib o‘simliklarni zararlaydi. Zararkunandaning may-iyunda tarqaladigan bahorgi populyatsiyasi hosilga xavf tug‘diradi.
Oqqanot zararkunandasi: hujayra shirasi yo‘qolishi va hasharot chiqaradigan shira bilan qoplanishi oqibatida barglarning assimilyatsiyasi susayib, o‘simliklar zaiflashadi. Erta zararlangan o‘simliklar qurib qoladi, kech zararlanganlari esa hosildorligini 20-30% ga kamaytiradi. Oqqanotlarning eng samarali kushandasi enkarziyadir, ammo yirtqich qandalalar, oltinko‘z kabi entomofaglar ham tabiatda uning sonini kamaytirishda xizmati kattadir.
Kurash choralari: Oqqanotlarning eng samarali kushandasi enkarziyadir. Uni sunʼiy ko‘paytirib dalaga tarqatishga harakat qilish kerak. Oqqanotlarga qarshi kurashish uchun eng samarali insektitsidlardan: konfidor (bagira, dalprid, imidor, pilarking) 0,3 l/ga, mospilan l/ga (Goldplan, Pilarmos, Tagspilan) – 0,2 kg/ga hamda Endjeo 0,2-0,3 l/ga ishlatish tavsiya etiladi.
Barg bitlari: (Aphis fabae) Dukkakli-don ekinlariga zarar keltiruvchi barg bitlari 1,5-3 mm o‘lchamda qora rangda bo‘ladi. Odatda o‘simliklarda yangi o‘simlik qismlari va barglarda, barg ostida to‘plangan holda uchraydi. Odatda urg‘ochilari kuzatiladi va qulay sharoit bo‘lganda tez ko‘payadi. 6-5 kun yashaydi va bir yilda ko‘p miqdorda nasl beradi. O‘simlik suvini so‘rib oziqlanadi. Barglarda shakl o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Ular ishlab chiqargan shirin modda bargni qoplab, assimilyatsiya qobiliyatini pasaytiradi, natijada, o‘simliklar zaiflashadi va o‘sish to‘xtaydi.
Eng katta zarari esa virus kasalliklarini tashuvchi bo‘lishidir. Barg bitining parazitoidi barg bitining ichida yashaydi va oziqlanadi. Buning natijasida bit jigarrang, porloq teri tusiga kiradi. Bitta bargda 10-20 dona kuzatilganida sistematik hasharot qiruvchilar bilan qarshi kurashish boshlanadi. O‘simlikda barg biti ko‘p bo‘lsa, dorilash 15 kundan keyin yana qayta o‘tkaziladi.
Qarshi kurash. Zararkunandaga qarshi kimyoviy usulda qarshi kurashishda:
Bromphos 36/E.C. 150 ml/10 sotix
Diazinon 18,5/E.C. 200 ml/10 sotix
Deltamethrin 2,5/E.C. 50 ml/10 sotix
Endosulfan 32,9/WP 200 gr/10 sotix
Malathion 50/E.C. 150 ml/10 sotix
taʼsirli kimyoviy dorilardan bittasi bilan belgilangan meʼyorda dorilanadi.
O‘rgimchakkana (Tetranychus urticae) Ko‘rinishi birmuncha qiyinchilik tug‘diradigan ushbu zararkunandaning hajmi juda kichik bo‘lib, u asosan yashil, sariq, qizilsifat ranglarda bo‘ladi. Urg‘ochisi 0,3-0,5 mm o‘lchamda, erkagi yana-da kichik va ingichka tuzilishga ega. Tanasining ustida siyrak tuklar, sirtining ustida esa ikki katta dog‘ orqali bilish mumkin. Tuxumi dumaloq shaffof ko‘rinishga ega bo‘lib krem, sarg‘ish, oq yoki qizg‘ish rangda bo‘ladi. Tuxumdan chiqqan bolalari uch juft, kattalari esa to‘rt juft oyoqqa ega. Yilda 8-10 nasl qoldiradi, qishni katta yoshda o‘tkazishadi. Ko‘rinishi birmuncha qiyinchilik tug‘diradigan ushbu zararkunandaning hajmi juda kichik bo‘lib, u asosan yashil, sariq, qizilsifat ranglarda bo‘ladi. Urg‘ochisi 0,3-0,5 mm o‘lchamda, erkagi yana-da kichik va ingichka tuzilishga ega. Tanasining ustida siyrak tuklar, sirtining ustida esa ikki katta dog‘ orqali bilish mumkin. Tuxumi dumaloq shaffof ko‘rinishga ega bo‘lib krem, sarg‘ish, oq yoki qizg‘ish rangda bo‘ladi. Tuxumdan chiqqan bolalari uch juft, kattalari esa to‘rt juft oyoqqa ega. Yilda 8-10 nasl qoldiradi, qishni katta yoshda o‘tkazishadi. Kattalari va nimfalari (ulg‘aymagan bolalari) yaproqlarining past qismida o‘simlik sharbatidan oziqlanish orqali yaproqlarning sarg‘ayib qurishiga sababchi bo‘ladi. Barglarning pastki qismida to‘r to‘qib, ichida oziqlanadi. Barglarda so‘rilgan joylar avval oqaradi, keyin sariq va jigarrang dog‘larga aylanadi, quriydi va to‘kiladi. Natijada o‘simlik kattalashmaydi va shu sababdan mevalar ham rivojlanmaydi. Changli yo‘l chetidagi dalalarda yana-da ko‘proq uchraydi. Issiq havoda o‘simlikni suvsizlik stressiga qo‘yib zaif holatga tushiradi. Ko‘pincha bo‘lak holda uchraydi.
Qarshi kurash choralari: madaniy ehtiyot chorasini ko‘rish: Dala ichida va chetida begona o‘tlar tozalanishi kerak. Kimyoviy moddalar orqali kurashish: epidemologik holatda kelganda bu zararlantiruvchi bilan kimyoviy usulda qarshi kurashilishi kerak. Zararlantiruvchi dalaga yoyilmagan bo‘lsa, olib boriladigan kurash nuqta shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Loviya donxo‘ri (Acanthocelides obtectus). Xalq orasida loviya biti deb nomlanadi. Ilmiy manbalarda keltirilgan maʼlumotlarga ko‘ra, bu turdagi zararkunanda bilan zararlangan urug‘lar qisqa muddat mobaynida 35% gacha zarar yetkazganligi aniqlangan. Hasharot daladan mahsulot bilan birga omborga tashiladi va omborda ko‘payishni davom ettiradi. Yetuklari loviyaning urug‘lanish davrida ombordan uchib dalaga keladi. Gul nektari bilan oziqlanadi va loviya po‘stloqlarining qobiqlarini kemirib, teshik ochadi va bu yerga tuxum qo‘yadi.
Keyinchalik tuxumdan chiqqan lichinka yumshoq urug‘ni teshib ichiga joylashadi va urug‘dan oziqlanadi.
Xirmondan keyin urug‘ bilan birgalikda omborga tashiladi va omborda ko‘payishni davom ettiradi. Bir yilda 4-5 nasl qoldiradi. Bu naslning 1-2 tasi dalada, qolganlari esa omborda bo‘ladi. Po‘stloqlarning ichidagi urug‘larni teshib, donlarning ham ovqat uchun bo‘lgan qiymatini hamda urug‘lik sifatini pasaytiradi. Urug‘ hasharotiga qarshi kurashish maqsadida, dalalarda loviya ostki po‘stloqlari quruq holatga kirganida Fenthion 50 EC, Deltamethrin 25 EC yoki Sypermethrin 200 EC taʼsirli kimyoviy vositalardan bittasi bilan belgilangan meʼyorda 10-14 kunda bir martadan, mavsum davomida 2 marta dorilanadi. Omborda ham ko‘payishni davom etgan bu tur zararkunandani oldini olish uchun bo‘sh omborlar Malathion yoki Nexion 40 EC taʼsirli kimyoviy preparatlar bilan dezinfeksiya qilinadi. Yig‘ilgan mahsulot omborga qo‘yilganda Methyl bromide yoki Aliminium phosphide taʼsirli kimyoviy dori vositalari chodir ostida 3-5 kun muddat bilan joylanadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: