“EFFECT.UZ” telegramm ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqalgan Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi “Feyxan teks” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri ustidan fermer xo‘jaliklarining murojaati Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Ish hujjatlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati, Furqat tumanida faoliyat olib borayotgan paxta-to‘qimachilik klasteri va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida fyuchers shartnomalari tuzilgan bo‘lib, shartnoma shartlariga ko‘ra taraflarning huquq va majburiyatlari belgilangan.
Biroq, 2022-yildan boshlab “Feyxan teks” MChJ tomonidan shartnoma shartlari yetarli darajada bajarilmaganligi sababli, fermer xo‘jaliklari tomonidan vegitatsiya davrida agrotexnik tadbirlar sifatli bajarilmagan, natijada, fermer xo‘jaliklari jiddiy zarar ko‘rgan.
O‘rganish davomida, “Feyxan teks” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan 2022-yil hosili bo‘yicha paxta yakuniy hisob-kitoblari amalga oshirilmaganligi, shuningdek, fermer xo‘jaliklarining ham “Feyxan teks” MChJ bilan shartnoma shartlari yuzasidan qarzdorligi mavjudligi aniqlandi.
Mazkur masala yuzasidan, fermer xo‘jaliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga murojaat qilgan bo‘lib, murojaatga asosan Vazirlik xodimlari, tuman Fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mas’ullari fermer xo‘jaliklari bilan Farg‘ona viloyati Furqat tumani hokimiyati binosida uchrashuv o‘tkazib, tushuntirish ishlari olib borilganligi ma’lum qilinadi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 34-moddasiga muvofiq davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: