Gul yetishtirishda namanganliklarning dong‘i dunyoga taralgan. Viloyatda qish kunida ham kishiga bahor tarovatini taqdim eta oladigan xonadonlar bisyor.
Boisi Namangan viloyatida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan gullar festivali viloyat ahlini gul yetishtirishga qiziqtirish bilan birga, uning eksport hajmini oshirishga ham xizmat qilmoqda.
Yangi Namangan tumanining “Yangi zamin” mahallasida yashovchi gulchilar oilasida ham 130 xil turdagi nafis chechaklar parvarish qilinmoqda. Gullar nufuzli festival uchun tayyorlanmoqda.
Fotima opaning ta’kidlashicha, aynan gul yetishtirish orqali 2023-yilda 20 ming dollar sof foyda olgan, bu yilgi anjuman uchun 30 ming dona gul hozirlash niyatida. Ko‘zlangan daromad ham shunga yarasha, bu yil opa 30 ming dollar sof foyda olishni maqsad qilgan.
Ahamiyatlisi, ushbu oila tashkil etgan 3 ta issiqxonada hududdagi 20 nafar ayollar mehnat qilib, ro‘zg‘orga qo‘shimcha daromad topmoqdalar. Yangi Namangan gullari qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston mamlakatlariga ham eksport qilinmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: