O‘rik – raʼnoguldoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi, mevali daraxt. Vatani – O‘rta Osiyo. O‘zbekistonda ekin maydoni jihatidan mevali daraxtlar orasida 4-o‘rinni egallaydi.
O‘rik payvand qilib ko‘paytiriladi. Issiqsevar, yorug‘sevar, qurg‘oqchilik va issiqlikka chidamli, lekin namlik yetishmaganda meva tugmaydi. Gullagan paytda bahorgi qorasovuqlardan zararlanadi. Unumdor, serquyosh, bo‘z hamda shag‘al-toshli yerlarda yaxshi o‘sadi. O‘zbekistonda o‘rikzorlarning asosiy qismi Farg‘ona vodiysi (65%) va Zarafshon vohasida joylashgan.
Ayni paytda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida (naviga qarab) o‘rikning 18 navi yetishtiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan o‘rik mahsuloti Ozarbayjon, Belorus Respublikasi, Germaniya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, BAA, Ummon, Rossiya, Turkmaniston, Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: