1924-yilda akademik N.I. Vavilov boshchiligida Amaliy botanika, genetika va seleksiya bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib, 1927-yilda Butunittifoq o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining O‘rta Osiyo stansiyasiga aylantirildi. 1979-yilda N.I. Vavilov nomidagi Butunittifoq o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining O‘rta Osiyo filialiga aylantirildi. Respublikamizning ilk mustaqillik davrida (1992) institutga O‘zbekiston o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti nomi berildi. 2020-yildan institutda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining mohiyati institut nomiga mos kelmasligi tufayli uning nomi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutiga o‘zgartirildi.
Shuningdek, institutdagi mavjud Genbank milliy ahamiyatga ega deb tan olinib, unga “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetik resurslari Milliy Genbanki” maqomi berildi.
O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jalik ekinlarining yirik dunyoviy kolleksiyalari saqlanayotgan yagona ilmiy tashkilot hisoblanadi.
Institutda 2 ta ilmiy-tajriba stansiyasi, Milliy genbank, 8 ta bo‘lim va 1 laboratoriya mavjud.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: