Bugungi kunda O‘zbekistonda yetishtiriladigan erta pishar karam Latviya poytaxti Rigadagi supermarketlarda xaridorgir mahsulotlar qatorida sotilmoqda.
“Latvijas dārznieks” sabzavotchilar assotsiatsiyasi eksperti Marite Gailitening so‘zlariga ko‘ra, avvalroq mamlakat bozorida Gretsiyadan keltirilgan karam o‘zbek karamidan bir muncha arzonroq sotilgan bo‘lsa-da, yunon karamiga nisbatan o‘zbek karamlariga bo‘lgan talab bir muncha yuqori.
Ma’lumotlarga qaraganda, har yili O‘zbekistondan qariyb 200-250 million dollarlik sabzavot eksport qiladi. Karam ushbu daromadning 10 foizini tashkil etib, bozori chaqqon mahsulot sifatida issiqxonada yetishtirilgan pomidor va piyozdan keyin uchinchi o‘rinda turadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: