Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Hindistonning “Nath Bio-Genes Ltd.” kompaniyasi direktori Satish Kagliwal bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilgani, xususan agrar sohada har ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning yangi davri boshlangani e’tirof etilar ekan, erishilgan kelishuvlar, yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik munosabatlari bilan kifoyalanib qolmasdan uni yanada rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekistonga Hindistonning elita paxta chigitlarini olib kelib, tajriba sifatida ekilishi, shuningdek, paxta va sabzavot urug‘liklarini O‘zbekistonda yetishtirish masalalari muhokama qilindi.
Hindiston vakillari tomonidan sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish va qayta ishlashni tashkil etish hamda sotuv va tijoratlashtirishni amalga oshirish rejalari ma’lum qilindi.
Vazir o‘z navbatida, ikki davlatning hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borayotganini e’tirof etar ekan, butun dunyoda global muammoga aylanib ulgurgan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida kelgusidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Uchrashuv asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda investitsion loyihalarni jalb qilish hamda oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlash yuzasidan qilinadigan ishlarning ko‘lami belgilab olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: