O‘zbekiston Sertifikatlashtirish Milliy tizimida mahsulotlarni sertifikatlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- a) sertifikatlashtirish organlariga sertifikatlash yuzasidan ariza berish va uni ko‘rib chiqish;
- b) taqdim etilgan mahsulot meʼyoriy hujjatlar va arizaga ilova qilgan boshqa hujjatlarni tahlil qilish;
- v) ariza bo‘yicha qaror qabul qilish;
- g) sinov dasturini tayyorlash va tasdiqlash;
- d) namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish;
- ye) namunalarni akkreditatlangan sinov laboratoriyalarida sinovdan o‘tkazish;
- j) mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini baholash);
- z) sifat tizimini baholash;
- i) mahsulotning muvofiqligini deklaratsiyalash;
- k) olingan natijalarni tahlil qilish, muvofiqlik sertifikatini berish yoki uni berishni rad etish;
- l) muvofiqlik sertifikatini O‘zR SMT (O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish Milliy tizimi) Davlat reyestrida ro‘yxatga olish.
Taqdim etilgan mahsulot uchun meʼyoriy hujjatlarda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya yoki ekologik talablar mavjud bo‘lganda, sertifikatlashtirish organlari sanitariya-epidemiologiya va veterinariya ekspertizalarini, fitosanitariya nazorati yoki ekologik ekspertizadan o‘tkazish zarurligini aniqlaydi.
Mazkur amallar sertifikatlashtirish sinovlari bilan bir vaqtning o‘zida o‘tkazilishi mumkin va arizachiga muvofiqlik sertifikatini berishdan avval, bu amallar tegishli hujjatlarni taqdim etilishi bilan tugallanishi lozim.
Chetdan keltiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
ishlab chiqariladigan mahsulotga meʼyoriy hujjat nusxasi (amalda bor bo‘lgan taqdirda);
mahsulot yorlig‘idan namuna yoki mahsulot to‘g‘risida maʼlumot;
mahsulotning O‘zbekiston Respublikasi bojxonasi hududiga kelganligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan tovarga qo‘shib jo‘natiladigan hujjat nusxasi (tovar-transport yuk xati, invoys, hisob-faktura);
amalda bor bo‘lgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida o‘tkazilgan sinovlarning natijalarini o‘z ichiga olgan sanitariya-epidemiologiya xulosasi va sinov bayonnomalari, meʼyoriy hujjatlarda belgilangan boshqa talablar (veterinariya va fitosanitariya xulosalari, ekologik ekspertiza);
olib kirilayotgan mahsulotning aniq hajmi (soni) ko‘rsatilgan tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) va mahsulotni yetkazib beruvchi hamda qabul qiluvchi o‘rtasida tuzilgan kelishuv(lar) nusxasi.
Agar arizachi ayni vaqtda sanitariya-epidemiologiya xulosasini va muvofiqlik sertifikatini olishga ariza bergan bo‘lsa, bunday holda sanitariya-epidemiologiya xulosasining nusxasi uni belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan keyin beriladi.
Ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etishi lozim:
ishlab chiqariladigan mahsulotga meʼyoriy hujjatlar nusxasi;
mahsulot yorlig‘ining namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot);
amalda bor bo‘lgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida o‘tkaziladigan sinovlarning natijalarini o‘z ichiga olgan sanitariya-epidemiologiya xulosasi va meʼyoriy hujjatlarda belgilangan boshqa talablar to‘g‘risidagi maʼlumotlar (veterinariya va fitosanitariya xulosalari, ekologik ekspertiza).
Agar arizachi ayni vaqtda sanitariya-epidemiologiya xulosasi va muvofiqlik sertifikatni olishga ariza taqdim etgan bo‘lsa, bunday holda sinov bayonnomalari bilan sanitariya-epidemiologiya xulosasi nusxasi uni belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan so‘ng beriladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: