– GIS laboratoriya va Maʼlumotlar markazi uchun zamonaviy uskuna, shuningdek, jihozlar olib kelindi va o‘rnatildi. 20 ta o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari Collect Earth va Field Map dasturlari bo‘yicha Chexiya mutaxassislari tomonidan o‘qitildi.
– O‘rmonlarni barqaror boshqarish rejalarini ishlab chiqish maqsadida, xalqaro ekspertlar tomonidan, 4 ta o‘rmon xo‘jaliklari uchun boshqaruv rejasini ishlab chiqish qo‘llanmalari tayyorlandi.
– O‘rmonlarni qayta tiklash, ko‘chatxonalarni rivojlantirish, nodaraxt o‘rmon mahsulotlari konsepsiyalari va yaylovlarni barqaror boshqarish strategiyasi ishlab chiqildi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlandi va amalga tatbiq etish uchun qabul qilindi.
– O‘rmonlarni barqaror boshqarish maqsadida, Xalqaro gender mutaxassislari ishtirokida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Gender strategiyasi va Gender harakatlar rejasi ishlab chiqildi. Mazkur xujjat muhokamasi yuzasidan Toshkent shahrida 100 ta (turli vazirlik va idoralar) mutaxassislaridan iborat Xalqaro gender konferensiyasi o‘tkazildi.
– Sirdaryo viloyati O‘rmon fondi yerlarida ihota o‘rmonzorlari (Boyovut-3 o‘rmon hududi), o‘tinbop plantatsiyalar (Guliston o‘rmon hududi) va bodom (urug‘dan) va terak (qalamchalari (Shirin o‘rmon hududida) namoyish uchastkalari tashkil etildi. Shu bilan birgalikda, aholi, fermer va o‘rmon xo‘jaligi uchun ko‘chatlar agrotexnikalari bo‘yicha treninglar o‘tkazildi. Trening yakunida ko‘chat, urug‘ va qalamchalar beg‘araz tarzda benefitsiarlarga tarqatildi.
– 4 ta o‘rmon xo‘jaliklariga mini traktorlar, 2 o‘rmon xo‘jaliklariga suv saqlash sig‘imlari, kvadratsikllar berildi. Bundan tashqari issiqxonalar tashkil etildi.
Ayni paytda loyiha doirasida tanlab olingan 4 ta o‘rmon xo‘jaliklariga Niva rusumli avtomashina sotib olish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birgalikda, 3 ta (Dehqonobod, Kitob va Pop) o‘rmon xo‘jaliklarida rejalashtirilgan namoyish uchastkalarini tashkil etish uchun, texnik shartlar ishlab chiqildi va xaridlarni amalga oshirish uchun tender eʼlon qilindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: