Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Tojikiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Raxmonzoda o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar va yangi, istiqbolli loyihalar hamda kelgusida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalar yuzasidan fikr takliflar tinglandi.
Shuningdek, 2021-yil 5-7 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining So‘g‘d viloyatiga tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasining bosqichlari haqida ham ikki tomon vakillari fikr almashdi.
Bundan tashqari, Abdujabbor Raxmonzoda Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion texnologiyalarini namoyish etish maqsadida intensiv “Do‘stlik bog‘i”ni yaratishda ko‘rsatilayotgan yordami uchun alohida minnatdorlik bildirganligini ta’kidlab o‘tdi.
2023-yilgi muloqotlar davomida tomonlar 2024-yil martiga qadar “Do‘stlik bog‘i” uchun ajratilgan qolgan maydonlarga ko‘chat ekish ishlarini yakunlash to‘g‘risida kelishib olganliklari, shu munosabat bilan Tojikiston tomoni 2024-yil yanvar oyining uchinchi o‘n kunligida ko‘chat yetkazib berishda yordam so‘rayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
O‘z navbatida, vazir Ibrohim Abdurahmonov hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi hamda mas’ullarga bu borada zudlik bilan amaliy ishlar olib borishi bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: