Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoyning Shinjon sanoat qurilish korpusi komissari o‘rinbosari Lyu Sinszyan bilan uchrashdi
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilgani, xususan agrar sohada har ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning yangi davri boshlangani e’tirof etilar ekan, erishilgan kelishuvlar, yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik munosabatlari bilan kifoyalanib qolmasdan uni yanada rivojlantirish masalasi o’rtaga tashlandi.
Vazir o‘z navbatida, ikki davlatning hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borayotganini e’tirof etar ekan, bu yil ilk bor Xitoydan sifatli g‘o‘za urug‘lari keltirilib, ayni paytda ularni mamlakatimizning iqlim sharoitiga to‘g‘ri keluvchi hududlarga ekish uchun yer maydonlari tayyorlanayotganini qayd etdi.
Shuningdek, uchrashuvda butun dunyoda global muammoga aylanib ulgurgan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida kelgusidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish zarurligi, qolaversa, ikki mamlakat hamkorligida ishlab chiqarilgan mahsulotni uchinchi bir davlatga eksport qilish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda galdagi vazifalar va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlash yuzasidan qilinadigan ishlarning ko‘lami belgilab olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: