Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida Xitoyning “JINHAI Technology” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari tobora rivojlanib borayotgani, barcha sohalar qatorida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ham istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani e’tirof etildi.
Aytish kerak, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda chorvachilikni rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida qaratilmoqda. Jumladan, xorijiy davlatlardan naslli chorva mollari olib kelinib, go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtirish hamda uni qayta ishlash orqali aholiga sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Biroq, chorva mollarini boqish va ularni yuqumli kasalliklardan asrash borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina. Mazkur uchrashuvda ayni shu masalalar diqqat markazida bo‘ldi.
O‘z navbatida, “JINHAI Technology” kompaniyasi vakillari tomonidan O‘zbekistonda chorva mollarini yuqumli kasalliklardan asrash bo‘yicha vaksina ishlab chiqaradigan hamkorlikdagi qo‘shma korxona tashkil etish taklifi berildi. Ushbu taklif vazirlik mutasaddilari tomonidan ma’qullanib, hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.
Bu korxonaning tashkil etilishi orqali nafaqat yurtimizdagi chorva mollarini arzon, sifatli, xalqaro sertifikatga ega vaksina bilan emlash, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotni chet elga eksport qilish imkonini ham beradi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: