Ma’lumki, O‘zbekiston iqtisodiyotining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu eksportdir. Buning uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini kengaytirish uchun qulay sharoit yaratish zarur.
Jumladan, Farg‘ona viloyati eksportchi tadbirkorlari uchun “O‘zbek mahsulotlarini dunyo bozoriga chiqarishga o‘z hissamizni qo‘shamiz” shiori ostida o‘tkazilgan ochiq muloqotda ham ayni shu xususda so‘z yuritildi.
Video-konferens-aloqa shaklida tashkil etilgan muloqotda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi rahbarlari, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosarlari, viloyatning yirik tadbirkorlik subyektlari, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportchi korxonalari vakillari ishtirok etdi.
Unda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini yanada kengaytish, 2024-yilda eksport hajmini oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga sifatli tayyorlashning ahamiyati, xorijiy xaridorlarni topish yo‘llari haqida so‘z yuritildi. Xususan, xorij bozorlarida qanday mahsulotlarga e’tibor kuchaygani, fitosanitar toza mahsulot yetishtirishda tomorqa yer egalari hamda tadbirkorlarni qiynayotgan muammo va takliflar muhokama markazida bo‘ldi.
Uchrashuv so‘ngida tadbirkorlarning eksport sohasidagi mavjud muammolari va ularni hal etish bo‘yicha o‘z takliflar o‘rtaga tashlandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: