Germaniyaning Berlin shahrida Xalqaro oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi forumi doirasida Ochiq plenar sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Dastavval, sessiyada Germaniya Federal oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vaziri Jem O‘zdemir ko‘rgazmaga tashrif buyurgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi hamda bu kabi ko‘rgazmalar qishloq xo‘jaligida dunyo davlatlari hamkorligini mustahkamlashda eng muhim qadam ekanligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov so‘zga chiqib, bu kabi forumlar qishloq xo‘jaligida muhim poydevor vazifasini bajarishini hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish uchun maydon vazifasini o‘tab berishini aytib o‘tdi. Bundan tashqari Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligida fermerlarning rolini oshirish va ilm-fanni o‘rganish ko‘plab muammolarga yechim bo‘la olishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Sessiya so’ngida Forumning yakuniy kommyunike qabul qilindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: