Olcha raʼnodoshlar oilasiga mansub barg to‘kuvchi daraxtlar turkumi, mevali daraxt. 150 ga yaqin turi bor. Asosan, Osiyoda, shu jumladan, O‘rta Osiyo va Kavkazda 25 ga yaqin turi o‘sadi.
Madaniy turlaridan oddiy olcha ko‘p tarqalgan. Olcha egallagan maydoni jihatidan olmadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Sovuqqa, qurg‘oqchilikka chidamli, unumdor tuproqlarda yaxshi o‘sadi va mo‘l hosil beradi. 30-100 yilgacha yashaydi, 20 yilgacha yaxshi hosil beradi.
Olcha danagidan, ildiz bachkisidan hamda payvandlab ko‘paytiriladi. Ekilgandan so‘ng, 3-4 yilda hosil beradi. 6-7 yildan boshlab to‘liq hosil beradi.
O‘zbekistonda, ayniqsa, Samarqand viloyatida yetishtiriladigan olcha asosan qoqi qilinadi. Olchaning ko‘pgina navlari soyaga chidamli. Tomorqa maydonlarida ular qalin o‘sib yaxshi hosil beradi lekin, yorug‘lik yetarli bo‘lganda, yana-da mo‘l hosil berishi mumkin.
O‘zbekistonda olchaning 6 turi ekiladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan olcha mahsuloti Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkmaniston kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: