O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning eng qadimiy qishloq xo‘jaligi universiteti – Uels shahzodasi qirolligi homiyligidagi Royal Agricultural University (RAU, www.rau.ac.uk)ga tashrif buyurdi. O‘zbekiston agrar idorasi vakillarining tashrifidan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil etish yuzasidan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va boshqa masalalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Delegatsiyaga Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tgan so‘nggi kadrlar o‘zgarishlari jarayonida rektor maslahatchisi lavozimiga tayinlangan professor Munira Aminova boshchilik qildi. Professor M. Aminova O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari bilan birgalikda RAU rahbariyati, jumladan, prorektor o‘rinbosari professor Nil Ravenskroft, RAU Qishloq xo‘jaligi maktabi rahbari Filip Xadson va RAU tadqiqot direktori professor Mark Xorton bilan uchrashdi.
“Biz O‘zbekiston jamoasini Sayrensesterda kutib olishdan mamnunmiz, – dedi professor Ravenskroft. – Bu yil bo‘lib o‘tgan muhokamalar natijalariga koʻra, ular Oʻzbekistonda yangi Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik talablariga javob bera olishimizga ishonch hosil qilish maqsadida universitetimizga tashrif buyurishdi. RAUning tarixiga nazar tashlasak, u barcha davrlarda butun dunyo bo‘ylab qishloq xo‘jaligi mutaxassislari bilan hamkorlik qilishga intilib, bilimlar xalqaro formatda bo‘lsa-da, dolzarb bo‘lib qolishiga va mahalliy darajada qo‘llanilishiga, talabalarning jahon darajasida ta’lim olishlarini ta’minlashga harakat qildi.
Professor Nil Ravenskroftning taʼkidlashicha, RAUning Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan mustahkamlanib borayotgan aloqalari ushbu anʼanaviy yondashuvni davom ettirib, yangi Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti talabalari ushbu hamkorlikdan eng yaxshi natijalarga erishishlarini taʼminlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi jamoasi universitetning talabalari, o‘qituvchilari va boshqa xodimlari bilan uchrashishdi, talabalar shaharchasi va universitet xo‘jaligining Farm-491 agrotexnologik inkubatorida bo‘lib, infratuzilma bilan tanishishdi. Shuningdek, delegatsiyaga yangi virtual oʻquv muhiti (Virtual Learning Environment) va RAU talabalarining hamkor universitetlar bilan masalan, Xitoyda oʻqitishda muvaffaqiyatli qoʻllanilgan boshqa innovatsiyalar namoyish etildi.
“Biz Buyuk Britaniyaning qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz va O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida Britaniya ta’lim standartlarini joriy etish uchun ochiqmiz, – deydi professor M. Aminova. – Biz qishloq xo‘jaligi sohasida tadqiqotlar, mukammal va sifatli ta’limni birgalikda joriy qilishni intiqlik bilan kutamiz va bu hamkorlik o‘zaro manfaatlar va yangi imkoniyatlar olib kelishiga aminmiz”.
Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti O‘zbekiston hukumatining qishloq xo‘jaligini raqobatbardosh tarmoqqa izchil aylantirish yo‘lida qishloq xo‘jaligi va bilimlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari orqali oziq-ovqat xavfsizligiga erishishga qaratilgan eksportga yo‘naltirilgan va erkin bozor sektoriga aylantirish bo‘yicha olib borayotgan harakatlarini qayd etdi.
O‘zbekistonda yangi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil etish, shuningdek, RAU bilan hamkorlik masalalari O‘zbekiston hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. 2021-yil yozida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti (RAU) va Litva Vitautas Magnus University (VDU) o‘rtasida uch tomonlama o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, uning asosida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, RAU hamda VDU yangi xalqaro universitetni yaratish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo’yicha muzokaralar olib borishlari mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, memorandumda universitetlar o‘rtasida o‘qituvchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda fermerlar va fermer xo‘jaliklari maslahatchilarining malakasini oshirish va almashish dasturlarini amalga oshirish, loyiha va dasturlar ishlab chiqish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish, xalqaro konferensiyalar va boshqa ko‘plab masalalar ko‘zda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo’ljallangan strategiyasining “Qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim va axborot xizmatlari tizimlarini rivojlantirish” bandi – sohadagi ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Mazkur ilm-fan va ta’lim sohalarida amalga oshirilayotgan xalqaro hamkorlikni kengaytirish loyihasi strategiyadagi ustuvor vazifalar ijrosining amaliy ko‘rinishlaridan bir debochadir.
Делегация Министерства сельского хозяйства Узбекистана посетила старейший сельскохозяйственный университет Великобритании Royal Agricultural University (RAU, www.rau.ac.uk), который находится под королевским патронатом Принца Уэльского. Цель визита представителей узбекского аграрного ведомства – укрепление сотрудничества, проработка учебных программ и других вопросов для создаваемого в Узбекистане Международного сельскохозяйственного университета.
Делегацию возглавила профессор Мунира Аминова, которая в процессе недавних кадровых изменений в Ташкентском государственном аграрном университете была назначена на должность советника ректора. Профессор Аминова вместе со специалистами Министерства сельского хозяйства РУ встретились с руководящим составом RAU, в том числе с заместителем вице-канцлера профессором Нилом Равенскрофтом, руководителем Школы сельского хозяйства RAU Филипом Хадсоном и директором по исследованиям RAU профессором Марком Хортоном.
«Мы рады приветствовать команду из Узбекистана в Сайренсестере, – отметил профессор Равенскрофт. – По итогам начатых в этом году обсуждений они посетили наш вуз, чтобы удостовериться, соответствуем ли мы требованиям партнерства при создании нового международного сельскохозяйственного университета в Узбекистане. На протяжении большей части своей истории RAU стремился сотрудничать с экспертами в области сельского хозяйства во всем мире, гарантируя получение студентами образования мирового уровня, чтобы знания, являясь международными по формату, оставались при этом актуальными и прикладными для применения на местном уровне».
Профессор Нил Равенскрофт подчеркнул, что укрепляющиеся отношения RAU с Министерством сельского хозяйства РУ продолжат этот традиционный подход, гарантируя, что студенты нового Международного сельскохозяйственного университета получат лучшее благодаря этому сотрудничеству.
Команда Минсельхоза РУ встретилась со студентами, преподавателями и другими сотрудниками вуза, ознакомилась с инфраструктурой, посетила кампус и агротехнологический инкубатор университета Farm491. Также делегации была продемонстрирована новая виртуальная среда обучения (Virtual Learning Environment) и другие нововведения, которые успешно используются при обучении студентов RAU в партнерских университетах, например, в Китае.
«Мы рады сотрудничеству с сельскохозяйственным вузом Великобритании и открыты для внедрения в Узбекистане британских образовательных стандартов в области сельского хозяйства, – сказала профессор Аминова. – Мы надеемся вместе продвигать исследования в аграрной сфере, передовой опыт и качественное образование, и убеждены, что сотрудничество принесет взаимную выгоду и новые возможности».
В Royal Agricultural University отметили стремление Правительства Узбекистана к последовательному преобразованию сельскохозяйственной сферы в конкурентоспособный, ориентированный на экспорт и свободные рыночные отношения сектор, нацеленный на достижение продовольственной безопасности в рамках механизмов поддержки сельского хозяйства и знаний в этой области.
Создание нового Международного сельскохозяйственного университета в Узбекистане, а также партнерство с RAU поддерживается со стороны Правительства Узбекистана и Министерства сельского хозяйства РУ. Летом 2021 года между Министерством сельского хозяйства РУ, Королевским сельскохозяйственным университетом (RAU) и литовским университетом Vytautas Magnus University (VDU) был подписан трехсторонний Меморандум о взаимопонимании и сотрудничестве, на базе которого Минсельхоз РУ, RAU и VDU смогут вести переговоры по вопросам создания и функционирования нового международного университета.
Согласно меморандуму также предусматривается обмен преподавателями и студентами между вузами, а также осуществление программ профессионального обучения и развития для фермеров и консультантов агроориентированных хозяйств, разработка проектов и программ, проведение совместных научных исследований, международных конференций и многое другое.
Подобный проект по расширению международного сотрудничества в области образования станет частью реализации Стратегии развития сельского хозяйства дол 2030 года, одним из приоритетов которой является «Развитие науки, образования и систем информационных услуг в сельском хозяйстве».
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: