Joriy yilning 9-yanvar kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilikda urug‘chilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 15-dekabrdagi PQ-391–son qarori ijrosiga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda departament va boshqarma boshliqlari, vazirlik tizim tashkilot rahbarlari va mutasaddi xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish avvalida, mazkur qarorda keltirilgan bandlar ijrosini ta’minlash, bu borada sohada olib borilayotgan islohotlar, yuqori hosildor xorijiy g‘o‘za navlari va duragaylarini mamlakatimizga olib kirish hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi paxta ekiladigan maydonlarga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Alisher Shukurov o‘z navbatida, xorijdan yuqori hosildor xorijiy g‘o‘za navlari va duragaylarini olib kirish hamda parvarishlashda har bir navga xos bo‘lgan yuqori samarador agrotexnologiyalarni qo‘llash, paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan g‘o‘za navlarini joylashtirishda kafolatlangan urug‘ ta’minotiga muvofiq erkinlik berilishi masalalari e’tibor qaratish lozimligini qayd etdi.
Aytish kerak, mazkur qarorga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashi mutaxassislari nazorati ostida tajriba-sinov tariqasida yuqori hosildor xorijiy g‘o‘za navlari va duragaylarini olib kirish hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi paxta ekiladigan maydonlarning 10 foizigacha joylashtirishga, istisno tariqasida ruxsat berilishi belgilangan.
Shuningdek, yig‘ilishda har bir viloyatda xorijdan urug‘ olib kelishga ko‘maklashish bo‘yicha Shtablar tashkil etish va bunda, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS), O‘simliklar karantini va himoyasi agentliklari xodimlaridan iborat Respublika ishchi guruhi tashkil etilib har bir hududlarga mas’ul xodim biriktirish, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining xorijdan urug‘ olib keluvchilar tomonidan karantin ruxsatnomasini olish uchun kelib tushgan murojaatlarga qisqa muddatlarda xulosalar berish choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Mazkur vazifalarning samarali amalga oshirilishi, shubhasiz, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va zamonaviy taraqqiyotning yangi qirralarini o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: