Ochilish vaqti boshlangan kerakli kattalikdagi ko‘saklar terib olinib, tayyorlangan joyga to‘kiladi va ochilgach ishchi chanogʻidan ajratiladi. Bu qurish vaqtini tezlatadi. Qurigan paxta to‘planib, qabul omborlariga topshiriladi, qurish vaqtida yomgʻir yogʻsa, salafan bilan yopib qo‘yiladi. Meni fikrimcha, shunday usulda terilsa, hosil ko‘proq bo‘ladi va hamma paxta 1-navda sotiladi.
Javob: Hosilni yig‘ib-terib olish paxtachilikda eng muhim agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanadi. Ilmiy tavsiyalarga ko‘ra, g‘o‘zada mavjud ko‘saklarni 80-85 foizi ochilganda terimga kirishiladi, ochilish darajasi kam bo‘lsa, terim ishlari biroz kechiktiriladi. Chunki, tabiiy pishib yetilmagan, yaxshi ochilmagan ko‘saklar paxtasi terib olinsa, hosil salmog‘i va tola sifati pasayib ketadi. Shuningdek, to‘liq pishib yetilmagan ko‘saklardan terilgan paxtadan olingan tolaning rangi sarg‘ayib, xiralashadi, texnologik sifat ko‘rsatkichlari (tola chiqimi, mikroneyri, tola uzunligi, uzilish kuchi) pasayadi, standart talablarga javob bermaydi. Paxta chigiti yetilmasligi hisobiga puch bo‘lib, fiziologik va biokimyoviy xossalariga (1000 dona chigit og‘irligi, moydorligi, unuvchanligi) salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Keyingi yillarda yetishtirilgan paxta hosilini mashinalar yordamida terib olishga alohida e’tibor berilmoqda. Bunda ko‘saklarning kamida 90 foizi ochilganda terimga kirishish tavsiya etiladi. Yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda yog‘in-sochin kunlarga qoldirmasdan yig‘ib-terib olish natijasida terim xarajatlari tejaladi va hosil yuqori sanoat navlariga topshiriladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: