Pomidor – ituzumdoshlar oilasiga mansub o‘simlik. Vatani Janubiy Amerikaning Ekvador va Peru qismi. O‘zbekistonda sabzavot ekinlari ichida pomidor eng ko‘p ekiladi va jami sabzavot yetishtiriladigan maydonlarning 40% dan ortig‘ini egallaydi.
Sabzavot ekinlari, jumladan pomidor yetishtirishning yangi innovatsion texnologiyalari joriy etilmoqda. Hozirda respublikamizda 200 ming gektardan ortiq maydonga sabzavot ekinlari yetishtirilayotgan bo‘lsa, shundan 45,8 foiziga pomidor ekini ekilib, o‘rtacha hosildorlik gektariga 24 tonnani tashkil etmoqda. Shuningdek, issiqxona sharoitida yetishtirilayotgan pomidorlar eksport qilinayotgan agromahsulotlar ichida yetakchi.
Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda pomidorning 258 (120 ta ochiq usulda + 138 ta yopiq usulda) ta navi ekiladi.
Mamlakatimizda yetishtirilgan bodring mahsuloti Afg‘oniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Rossiya, Tojikiston, Ukraina kabi davlatlarga eksport qilinadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: