Porey piyozi yoki marvarid piyoz – Piyozdoshlar oilasi, piyoz turkumiga mansub tur hisoblanadi. Vatani Old Osiyo bo‘lib, u yerdan O‘rta Yer dengiziga kelgan. O‘rta asrlarda esa Misrda va butun Yevropada yetishtirilgan.
Hozirgi paytda sabzavot ekini sifatida Yevropada, O‘rta Yer dengizi atrofidagi davlatlarda, Shimoliy Amerikada, ko‘proq qismi esa G‘arbiy Yevropa, asosan Fransiyada yetishtirilmoqda. Bugungi kunda porey mashhurligi jihatidan sarimsoq piyoz va bosh piyozdan keyingi o‘rinda turadi. Uni baʼzan marvarid piyoz deb ham yuritishadi.
Porey – sovuqqa chidamli ekin. Namlikka talabchan, qumoq, yuqori gumusli tuproqlarni afzal ko‘radi.
Og‘ir loyli va yengil qumli hamda sernam va kislotali tuproqlar porey ekish uchun yaramaydi.
Yurtimiz hududida Toshkent viloyatida porey piyozining 1 ta navi ekiladi.
Mamlakatimizda yetishtirilgan porey piyozi mahsuloti Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Ukraina davlatlariga eksport qilinadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: