Asosiy bayramimiz oldidan O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida poytaxtimiz va Respublikamiz viloyatlarida yangi va tayyor qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qiluvchi «Arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi» faoliyati jadallashtirildi.
Hozirgi vaqtda aholi yangi va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozor va do‘konlardagidan past narxlarda, masalan, 1 kg sabzini 3500-4000 so‘mga sotib olishi mumkin.
Yarmarkalar har kuni bozorlarning ish vaqti cheragasida: soat 08:00 dan 20:00 gacha ishlaydi.
Oziq-ovqat yarmarkasining formati fermerlar va dehqonlarga o‘z mahsulotlarini peshtaxtalarni ijaraga olmagan holda xaridorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish imkoniyatini beradi. Bu agrarchilar xarajatlarini kamaytiradi va xaridorlar uchun yakuniy narxda o‘z aksini topishi shubhasiz. To‘lovlarni plastik kartalar yordamida amalga oshirish mumkin.
Har bir alohida bozorda yarmarkalar o‘z xususiyatlariga va assortimentiga ega, boisi ular Respublikamizning turli viloyatlaridagi dehqonlar tomonidan shakllantirilmoqda.
Anvar Asamov, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari:
– Mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami munosabati bilan ushbu bayramga tayyorgarlik ko‘rish, bayramona kayfiyatda kutib olish maqsadida, Toshkent shahridagi asosiy 12 ta dehqon bozorlarini meva-sabzavot, poliz, go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi maxsus oziq-ovqat yarmarkalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sotilishini kunlik monitoring qilmoqda, ularning narx-navosi hamda bozorlarning mahsulotlar bilan ta’minlanganlik darajasini kuzatib bormoqda. Hozirgi kunda rastalarimizda takroriy ekindan chiqqan yangi sabzi arzonlashtirilgan narxda, ya’ni o‘rtacha to‘rt ming so‘mdan sotilayotganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Mahsulotlar Respublikamizning barcha viloyatlaridan keltirilib, 12 ta asosiy dehqon bozorlarimizdagi yarmarkalarda sotilmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: