Kuni kecha, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida Bilim va innovatsiyalar Milliy markazi (AKIS)da “Global iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida paxtachilikni innovatsion rivojlantirish masalalari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Unda, markaz xodimlari, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari ishtirok etdi.
Seminarda yer yuzida iqlim o‘zgarishi keng tarqalayotgan global muammolardan biri bo‘lib, buning natijasida yana bir qancha muammolar, jumladan, oziq-ovqat inqirozi vujudga kelayotgani va uni oldini olish borasida qilinayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Xususan, suv resurslari va ulardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi, shuningdek, qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish, suvning hisobini yuritish, suv inshootlarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, sohani raqamlashtirish tabiiy tizimlarda ekologik muvozanat va bioxilma-xillikni saqlashga yordam berishi aytib o‘tildi.
Seminarda ishtirokchilar tomonidan zamonaviy usullar asosida mamlakat oziq-ovqat ta’minoti barqarorligiga erishish uchun yangi serhosil qishloq xo‘jaligi ekinlari, ularning birlamchi urug‘chiligini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va hayotga tatbiq etilishini ta’minlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, ekin maydonlarini tomchilatib sug‘orishni keng joriy qilish, ushbu yo‘nalishdagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan qator takliflar bildirildi.
Seminar yakunida koreyalik olim, Dankuk universiteti professori olim Li Dong Jinning qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha ma’ruzasi tinglandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: