2-noyabrda Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 3-o‘ringa munosib deb topildi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Bekzod Musayev ochib berdi va o‘zbek tilini rivojlantirish, bu borada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida to‘xtaldi. Yuzdan ortiq vazirlik, davlat qo‘mitalari, markaziy muassasalar, agentliklar, kompaniyalar, uyushma va birlashmalar, aksionerlik jamiyatlari o‘rtasida, aynan, qishloq xo‘jaligi tizimida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha olib borilayotgan izchil tadbirlar yuzasidan minnatdorlik bildirildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda tizim xodimlarining o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirayotgan ishlariga ishonch ko‘rsatildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: