Ijtimoiy tarmoqlarda, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan mahsulot yetishtiruvchilarga ajratilishi koʻzda tutilgan subsidiya hali ham ajratib berilmaganligiga oid xabarlar tarqalmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Qishloq xoʻjaligi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi “Fermer xoʻjaliklarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida” NIZOMga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Bunda, 2023-yilda paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtirishda nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatining 50 foizini qoplab berish uchun subsidiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda ekin maydonlarini sugʻorishga sarflangan suv miqdori uchun isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymati boʻyicha hisob-kitoblariga asosan, istisno tariqasida, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan 2024-yilda ajratib berilishi nazarda tutilgan.
Shunga muvofiq, Vazirlikning 2024-yil 8-fevral kuni 03/23-08/132-son xati orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklariga 2023-yilda paxta xom ashyosi va gʻalla yetishtirishda nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari sarflagan elektr energiyasi qiymatining 50 foizini qoplab berish uchun tegishli taqdimnomalar berilishi soʻralgan boʻlsa-da, bugungi kunga qadar Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari hokimliklari tomonidan mahsulot yetishtiruvchilarga ajratiladigan subsidiyalar boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etilmagan.
Qolaversa, Vazirlik tomonidan subsidiya mablagʻlari mahsulot yetishtiruvchilarning elektr energiyadan boʻlgan qarzdorliklariga toʻliq oʻtkazib berilishi maqsadida 2024-yil 27-fevral kuni “Ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlardan vaqtincha foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilib Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mazkur qaror tasdiqlangandan soʻng subsidiyalarmaxsulot yetishtiruvchilarning undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan maxsus maqsadli hisob-varaqlariga oʻtkazib berilishini maʼlum qilamiz.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: