Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2020-yilda Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida jami 42,3 mlrd so‘mlik 135 ta loyiha, jumladan 2,4 mlrd so‘mlik 15 ta fundamental, 36,4 mlrd so‘mlik 110 ta amaliy va 3,5 mlrd so‘mlik 10 ta innovatsion loyihalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi;
Ilmiy loyihalarni bajarish natijasida jami 1393 ta ilmiy maqolalar chop etildi, shundan 167 tasi xorijiy nashrlarda chop etilgan, 25 ta patentlar olingan, 63 ta ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilib, xo‘jalik yurituvchi subʼektlarga yetkazib berildi;
Tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlarida yangidan yaratilgan 7 ta g‘o‘za navlari viloyatlar bo‘yicha rayonlashtirildi hamda 7 ta g‘o‘za navlari istiqbolli deb topildi;
Soha olimlari yaratgan g‘o‘za navlari 2020-yilda 916,7 ming gektarda (88,6 % maydonda) ekilgan bo‘lib, ushbu maydonlarda soha olimlari tomonidan ishlab chiqilgan agrotexnologiyalar joriy qilingan;
Yangidan yaratilgan 13 ta g‘o‘za navlari hamda paxtachilikda “Dastlabki urug‘ ichidagi yuqori sifatli urug‘likni aniqlash va ajratib olish” usuliga patent olindi;
Sabzavotlarining bozorgir, tarkibi inson salomatligi uchun qimmatli vitaminlar, makro va mikro elementlarga boy bo‘lgan 7 ta navi va 2 ta duragayi davlat reestriga kiritildi;
Koreya qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Аdministratsiyasining KOPIA markazi va Аkademik M. Mirzaev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI bilan “O‘zbekistonda uzum yetishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida – qiymati 78,0 ming dollarlik;
Sholichilik ITI bilan “Sholidan yuqori hosil olishda ko‘chat usulida yetishtirishning mexanizatsiyalash yo‘li bilan takomillashtirish” mavzusidagi 90,0 ming dollarlik ilmiy loyihalar bajarildi;
Shuningdek, O‘simliklar genetik resurslari ITI va Koreya Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Аdministratsiya, Milliy bog‘dorchilik ilmiy-tadqiqoti instituti bilan hamkorlikda 2018-2021-yillarga mo‘ljallangan “Markaziy Osiyoda dorivor o‘simliklar yig‘ish va qizilmiya keng tarqalishini o‘rganish” mavzusidagi – qiymati 120,0 ming dollarlik ilmiy-amaliy loyihalar va boshqalar amalga oshirilmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: