Bugun Prezident maslahatchisi Shuhrat G‘aniyev rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-son Farmoni ijrosi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyat va tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, viloyat hududiy boshqarma boshliqlari hamda tizim tashkiloti rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibidan 2024-yil hosili uchun yetishtiriladigan paxta xomashyosini fermer xo‘jaliklari tomonidan birja orqali sotilishini yo‘lga qo‘yish hamda “Agroplatforma.uz” tizimi orqali fyuchers shartnomalarini tuzish ishlarini jadallashtirish masalasi o‘rin oldi.
Sh.G‘aniyev o‘z navbatida barcha mas’ullarga joriy yil yanvar oyi oxiriga qadar fyuchers shartnomalarini tuzish ishlarining 100 foiz bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriq berdi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish, paxta-to‘qimachilik klasterlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni bozor tamoyillari asosida takomillashtirish, tarmoqda sog‘lom raqobat muhiti shakllantirish masalasi xususida so‘z yuritildi.
Videomuloqotda mazkur ishlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish borasidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Bunda mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining shaxsan mas’ulligi qayd etib o‘tildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: