Qishloq xo‘jaligi sohasiga qaratilayotgan e’tibor, amalga oshirilayotgan ishlar va sohani raqamlashtirish zamon talabiga aylanib bormoqda.
Binobarin, Kanadaning Vankuver shahrida joylashgan “Advanced Intelligent Systems” kompaniyasi turli sohalar qatori qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan raqamli texnologiyalar va robotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Ana shunday texnologiyalardan biri – avtonom qishloq xo‘jaligi robotlaridir.
Ushbu robotlar sezuvchan sensor, Internet of Things (IoT), sun’iy intellekt va maxsus paradigma bilan jihozlangan.
Uning asosiy vazifalari esa:
1. Oziq-ovqat mahsulotlari, o‘simlik urug‘larining erta va to‘g‘ri rivojlanishini monitoring qilish;
2. O‘simliklardagi kasallik va viruslarni elektrokimyoviy datchik va maxsus 3D qurilmalar orqali aniqlash;
3. O‘simliklar tarkibidagi namlik, pH va toksinlarni monitoring qilish;
4. O‘simliklarda kuzatilayotgan o‘zgarish va turli ma’lumotlarni real vaqt rejimida to‘plash vazifasini bajaradi.
Olimlarning ta’kidlashicha, 2050-yilga kelib dunyo aholisi 10 milliard kishiga yetishi kutilmoqda. Bu jarayonda aholini global oziq-ovqat tanqisligi muammosidan himoya qilish hamda sifatli qishloq xo‘jaligini mahsulotlarini yetishtirishda innovatsion robotlar dehqon va fermerlarga asosiy ko‘makchi bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Zero, suv resurslarining tanqisligi kuzatilayotgan bir paytda mazkur innovatsiyalardan foydalanish nafaqat vaqtdan yutish, balki aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash muhim rol o‘ynaydi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: