– Fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarida 30 ming gektar mevali bog‘lar va 15 ming gektar uzumzorlar tashkil etiladi hamda ushbu maydonlarda tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘lovlari amalga oshiriladi;
– mavjud yaroqsiz va iqtisodiy samarasiz 14 ming gektar bog‘ va uzumzorlar buzilib, ularning o‘rnida yangi mevali bog‘ va uzumzorlar barpo etish ishlari tashkil qilinadi;
– bog‘ va uzumzorlarni “tayyor holda topshirish” yangi mexanizmi asosida 3 ming gektar maydonda plantatsiya usulida, intensiv bog‘ va uzumzorlar barpo etish hamda ularni tashabbuskorlarga uzoq muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan investitsion shartnoma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri realizatsiya qilish yo‘lga qo‘yiladi;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda, 100 ming gektar maydonda bog‘ va 80 ming gektarda uzumchilik fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarini kooperatsiyalarga birlashtirish choralari ko‘riladi;
– intensiv ko‘chatchilikni rivojlantirish, ko‘chat importini qisqartirish maqsadida, mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv (pakana va yarim pakana) ko‘chatlarni sotib olish harajatlarining bir qismini fermer xo‘jaliklariga subsidiya sifatida qoplab berish tizimi joriy etiladi;
– mevali ko‘chat yetishtiruvchilar bilim va tajribasini oshirish uchun, ko‘chatchilik maktabini tashkil etish choralari ko‘riladi va mevali ko‘chatlarni sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
– Yevropa Ittifoqi grant mablag‘lari hisobidan akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Namangan ilmiy-tajriba stansiyasida mevali daraxt payvandtaglari yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “In-vitro” laboratoriyasi ishga tushiriladi;
– hududlarda 1 087 gektar maydonda zamonaviy issiqxonalar, jumladan Toshkent viloyatida 364 gektar maydonda sanoat usulida bir xil tipdagi zamonaviy issiqxona komplekslari, shu jumladan sovutkichli sig‘imlar, qadoqlash, qayta ishlash va logistika markazlarini tashkil etish ishlari amalga oshiriladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: