Xabar berganimizdek, “Frankfurt” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi (FAO) tashkiloti hamkorligida “Qishloq xo‘jaligini barqaror mexanizatsiyalashtirish strategiyasini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati, vazirlik huzuridagi ilmiy-tadqiqot institut tadqiqotchilari hamda agrar soha olimlari va FAOning milliy va xalqaro ekspertlari qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish milliy strategiyasini ishlab chiqish, treninglar o‘tkazish orqali mamlakatda mexanizatsiyalashtirish sohasini yanada rivojlantirish masalasi yuzasidan muloqot olib borildi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligini mintaqa iqlim va tuproq sharoitlariga mos zamonaviy va arzon qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sanoatini yanada rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish jarayonini to‘liq yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama markazida bo‘ldi.
Keyingi yillarda dunyoda qishloq xo‘jaligini barqaror mexanizatsiyalashtirish sohasida yutuqlarga erishildi va ushbu tarmoqning rivojlanishi barqaror dehqonchilik va o‘simliklarni himoya qilish uchun moslashtirilgan tegishli asboblar, uskunalar va mashinalarni, shuningdek, aniq dehqonchilikka e’tibor qaratgan holda yer resurslarini boshqarishni o‘z ichiga olgan. Mazkur seminarda ham ayni shu jihatlarga e’tibor qaratildi.
Qayd etilganidek, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning barqarorligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi-oziq-ovqat tizimlarini o‘zgartirish, ovqatlanish sifatini yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, shu bilan birga munosib ish o‘rinlari yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: