Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari:
Quyidagilar Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
- boshqarma faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qilish, boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
boshqarma xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida”gi 2017 yil 11 apreldagi PQ–2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ–3962-son qarorlari va Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun Bosh boshqarma xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish; - qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi, vazirlik hay’ati qarorlari, vazirning buyruqlari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
- boshqarmaga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
- boshqarma faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun vazirga kiritish;
- boshqarmada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda vazirga takliflar taqdim etish, professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, Boshqarmada kadrlar zaxirasini shakllantirish;
- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining Boshqarma tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, boshqa tarkibiy tuzilmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqish, imzolash (viza qo‘yish) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi PQ–3161-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 14 fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirlik rahbariyati topshirig‘iga binoan ishtirok etish;
- vazirlikka taqdim etilgan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
- vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishni, umumlashtirish, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va rahbariyatga kiritish;
- xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2014 yil 5 martdagi PQ–2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegasiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 3 avgustdagi PQ–3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
- boshqarma xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: