Mamlakatimizda qorako‘lchilik tarmog‘ida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish orqali naslchilik ishlarini takomillashtirish, sifatli qorako‘l teri yetishtirish, cho‘l-ozuqabop ekinlar maydonlarini kengaytirish va yaylovlar hosildorligini oshirish borasida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi “Ko‘kcha” MCHJ klasteri a’zolari ham bugun qorako‘lchilikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida fidokorona mehnat qilishmoqda.
Istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga bel bog‘lagan MCHJda bugun jami 13 ming 60 bosh mayda shoxli mol bor. Hududdagi mavjud qorako‘lchilik-naslchilik subyektlarini o‘z tarkibiga olgan va kooperatsiya tizimida faoliyat olib borayotgan MCHJda bo‘rdoqichilik va qorako‘lchilik ishlab chiqarish kompleksi, granulali omuxta yem ishlab chiqarish hamda junni qayta ishlash majmualari ishga tushdi.
Natijada jamiyatda yiliga 190 tonna go‘sht, 29 tonna jun, 21 tonna ip-kalava, 2 ming 670 ta qorako‘l teri ishlab chiqarilyapti. Albatta, sohaga yo‘naltirilayotgan bu kabi loyihalar tumanda chorva soni va qorako‘lchilik mahsulotlari ortishiga xizmat qilmoqda. Ayni kunlarda mazkur MCHJ a’zolari 2023-2024 yil qishlov davrini muvaffaqiyatli o‘tkazish va mayda shoxli mollarni qishli-qirovli kunlardan betalafot olib chiqish maqsadida matonat bilan mehnat qilishmoqda. Mavsum oldidan joylarda 1 ming 750 tonna xashak jamg‘arildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: