Taxiatosh tumanida xlorella mikroorganizmini yetishtirish va uni qishloq xo‘jaligi hamda baliqchilikni rivojlantirishda keng foydalanish uslublari bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Nurimbetov Quanishbay, qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari va mahalliy dehqon, fermerlar ishtirok etishdi.
Seminar davomida endilikda Qoraqalpog‘istonda xlorella mikroorganizmi yetkazilishi, undan qishloq xo‘jaligi hamda baliqchilikni rivojlantirishda keng foydalanish hamda turli kimyoviy o‘g‘itlarning o‘rniga qo‘llash masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Saparbaev so‘zga chiqib, xlorella mikroorganizmini qishloq xo‘jaligi hamda baliqchilikni rivojlantirishda keng foydalanish, turli kimyoviy o‘g‘itlarning o‘rniga qo‘llash imkoniyati mavjudligini ta’kidladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Hayvonotlar ekologiyasi laboratoriyasi 2-bosqich doktoranti Sevara Rustamova o‘zining xlorellani yetishtirish, uni qishloq xo‘jaligi, baliqchilik sohasida foydalanish, samaradorlikka erishish bo‘yicha ilmiy izlanishlari va amaliyotda erishgan natijalari bilan o‘rtoqlashdi.
Seminar davomida xlorella biooziqligini keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali, sho‘r yuvishda foydalanish, bug‘doy yetishtirishda samaradorlikka erishish bo‘yicha ham so‘z yuritildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: