Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan ishchi tashrifi samarali bo’ldi.
Tashrifning keyingi lokatsiyasi – Kegeyli tumani bo‘ldi. Bu yerda akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston filiali xodimlari tomonidan Aqtuba ovuli aholisi xonadonlarida pomidor yetishtirishga ko’maklashilmoqda.
To‘g‘ri, bu yerning ob-havosi va iqlim sharoiti barcha ko‘chatlarning birdek o‘zini tutib ketishiga kafolat bermaydi, ammo tajriba stansiyasi xodimlari aynan shuning uchun ham aholiga yordamlashmoqda.
Bu yerda agrar soha vakillari izlanish olib borish bilan bir qatorda o’simliklarni yaxsho rivojlanishini ham nazorat qiladi.
Bir vaqtlar bu yerlar ko‘zni quvontirgan so‘lim bog‘, mevalari yerga qo‘l cho‘zgan daraxtlar mavzesi bo‘lgan. Galdagi vazifa ham bu yerning avvalgi shuhratini tiklash va kelgusida o‘ziga xos pitomnikka aylantirish.
Maqsad bitta – zamin uchun muhim yashillik niholdan ko‘chatga aylanishi kerak. U el uchun oziq bera oladigan ekin bo‘lishi lozim.
Vazir o‘z navbatida, aholi xonadonlarida olib borilayotgan tarjibalar bilan tanishar ekan, bugun dunyoda bo‘layotgan global o‘zgarishlar, ilm-fan va texnika taraqqiyoti ildam odimlayotgan bir paytda mahsulot yetishtiruvchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘zaro munosabatlarda har tomonlama maqbullik nuqtayi nazaridan yondashish lozimligini qayd etdi.
Zero, mamlakatimiz agrar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar davlatimiz rahbari tomonidan agrar soha mutasaddilari oldiga qo‘yilayotgan vazifa va belgilab berilayotgan topshiriqlar ham aynan qishloq xo‘jaligining rivoji, yurtdoshlarimizning farovon hayot kechirishlarini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: