Buxoro cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tuman filialidagi urug‘chilik dalasida kuzatish ishlarini olib borishdi.
Ushbu hududdagi saksovul yillik novdasida 9 ta yon novdachalar 3-5-6-7 sm bo‘lib, yer ustki qatlamini chim bilan qoplash arafasida. Bundan tashqari namgarchilik holatining yaxshiligi aniqlandi.
Shuningdek, orol dengizining qurigan tubi nolinchi nuqtasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha ekspert guruhi tomonidan kuzatuv ishlari olib borildi va olingan ma’lumotlar urug‘larning ekish miqdorini oshirish kerakligini ko‘rsatdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: