Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qoraqalpog’iston Respublikasiga amalga oshirayotgan ishchi tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali faoliyati bilan ham tanishdi.
Bu yerda urug‘lik chigitni tozalash, saralash va dorilash ishlari amalga oshiriladi. Aytish kerak, urug‘lik chigitni sifatli saqlash, saralash, tuksizlantirish, dorilash va ekish mavsumiga tayyorlash qiziq va muhim jarayonlardan biridir. Bunda sifatli mahsulot olish uchun alohida e’tibor kerak bo‘ladi.
Urug‘larni ekish oldidan tayyorlashning texnologik jarayonlari yuqori hosil olishda muhim o‘rin tutadi va yetishtiriladigan ekinlarning sifatiga ta’sir qiladi. Ekish oldidan urug‘ni sifatli tayyorlash va qayta ishlash katta ahamiyatga ega.
Mazkur korxona ham urug‘chilik faoliyati bilan shug‘ullanib, joriy yil hosili uchun “tindirilgan urug‘lik” chigitni va xorijiy navlarni joylashtirish hamda urug‘larni ekish mavsumiga tayyorlash, “2024-yilda xorijdan import qilinadigan navlar bo‘yicha hududga mos agrotexnologiyalar yaratish” loyihasi ustida ish olib bormoqda.
Vazir o‘z navbatida paxta mahsulotlari sinovi hududiy laboratoriyasi faoliyati bilan tanishar ekan, urug‘lik chigitning sifatli tozalanishi, saralanishi va dorilanib qadoqlanishiga asosiy e’tibor qaratilib, aniqlangan kamchiliklarni vaqtida bartaraf etish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyaldari bilan o‘rtoqlashdi.
Zero, dala maydonlarida saralangan urug‘ning ekilishi – yuqori hosil olish muvaffaqiyatining asosiy kalitidir.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: