Qulupnay (baʼzan “yertut” ham deb ataladi) – raʼnoguldoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar turkumi, rezavor meva. Yevroosiyo va Amerikada 50 turi maʼlum. Qulupnayning birinchi navlari 18-asrda Niderlandiyada paydo bo‘lgan. Amerika turi – virjiniya va chili qulupnaylari Yevropaga olib kelingan.
Qulupnay namtalab, yorug‘sevar (soya joyda hosil bermaydi), sovuqqa chidamsiz o‘simlik. Qorasovuqlar guli, g‘unchalari, mevalarini zararlaydi. O‘simlik tupi bir yerda 20 yil o‘sishi mumkin, lekin qulupnayzorda 4-5 yil o‘stiriladi. 3 yilgacha yaxshi hosil beradi, keyin mevasi maydalashib, hosildorligi pasayadi.
Ayni paytda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida qulupnayning 10 ta navi yetishtiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan qulupnay mahsuloti Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Rossiya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: