Mamlakatimizda ustuvor yo‘nalishlardan biri barchamiz uchun global masalaga aylanayotgan elektr energiyasidan oqilona foydalanish, arzon, ishonchli va barqaror zamonaviy energiyani joriy etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. “Yashil energiya” manbaidan foydalanish bu boradagi oqilona yechim sifatida baholanmoqda.
Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi ham quyosh energiyasidan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, Markaz bosh binosiga 35 kVt, laboratoriya binosiga 15 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilib, to‘liq “yashil energiya” iste’moliga o‘tkazildi.
Ushbu energosamarador qurilmalarni o‘rnatish hisobiga tekin va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoni yaratildi. Eng muhimi ekologik toza, “yashil” energiyaga o‘tish jarayoni faollashdi. Qolaversa, iste’moldan ortig‘ini sotish orqali qo‘shimcha daromad ham olinmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: