Keyingi yillarda mamlakatimizda ustuvor yo‘nalishlardan biri barchamiz uchun global masalaga aylanayotgan elektr energiyasidan oqilona foydalanish, arzon, ishonchli va barqaror zamonaviy energiyani joriy etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. “Yashil energiya” manbaidan foydalanish bu boradagi oqilona yechim sifatida baholanmoqda.
Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy muassasalar va tashkilotlarda ham quyosh energiyasidan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Binobarin, Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti binosida 15 kVt lik quyosh panellarini o‘rnatgach, ish jarayonida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar barham topdi. Bu ishlar davomi sifatida institut rahbari M.Sattorov tajriba-sinov tariqasida o‘z xonadoniga ham 7 kVt energiya ishlab chiqaruvchi quyosh panellarini o‘rnatdi.
Qayd etishicha, quyosh panellaridan foydalanish katta qulaylik yaratadi. Har qanday holatda ham xonadonda chiroq o‘chmaydi, maishiy texnikalar ishlab turadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: