O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda turli tanqidiy-tahliliy mulohazalarga sabab bo‘lgan, “Qanliko‘lda ekin ekilmayotgan yer” sarlavhali tanqidiy ruhdagi material yuzasidan vazirlikka qaratilgan fikr-mulohazalarga javoban quyidagilarni ma’lum qiladi.
Qoraqalpoq zamini tarixan qishloq xo‘jaligi uchun maqbul hudud sifatida qayd etilgan. Ayni davrda ham shunday. Mintaqa uchun o‘ziga xos agrar tarmoq yo‘nalishlari bor. Bu paxtachilik, don-dukkakli o‘simliklar, sholichilik, chorvachilik, baliqchilik va bog‘dorchilik.
Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 16.7 mln gektar qishloq xo‘jaligi yer maydoni mavjud bo‘lib, joriy yil davomida qarovsiz holga kelib qolgan jami 13.2 gektar yer maydonini o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Xabarda keltirilgan yer maydoni ham yil so‘ngiga qadar o‘zlashtiriladigan hududning bir qismi sifatida ro‘yxatga olingan.
Shu o‘rinda, Qishloq xo‘jaligi sohasiga befarq bo‘lmagan ijtimoiy tarmoq faollariga minnatdorchilik bildiramiz.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi fuqarolarning murojaatlari, shuningdek, sohada olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarni o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan ochiq muloqotga har doim tayyorligini ma’lum qiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: